Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Gruziyada hech kim parlament saylovi natijalariga ko‘ra davlat to‘ntarishini amalga oshirishni rejalashtirmayapti

Gruziyada hech kim parlament saylovi natijalariga ko‘ra davlat to‘ntarishini amalga oshirishni rejalashtirmayapti

Gruziyada hech kim parlament saylovi natijalariga ko‘ra davlat to‘ntarishini amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili bunday fikrni matbuot anjumanida bildirdi.

"Hech kim, birinchi navbatda, men parlament saylovi natijalari e’lon qilinganidan so‘ng Gruziyada davlat to‘ntarishi uyushtirish yoki Markaziy saylov komissiyasi binosiga bostirib kirishni rejalashtirmayapman. Markaziy saylov komissiyasi saylovning haqiqiy va adolatli natijalarini e’lon qilish bilan shug‘ullansin", — deya ta’kidladi Zurabishvili.

Avvalroq mahalliy ommaviy axborot vositalari Gruziya hukumati Markaziy saylov komissiyasi binosini strategik ob’ektlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror chiqargani haqida ma’lumot tarqatgan edi. Yangi qonunga ko‘ra, endi Gruziya Markaziy saylov komissiyasi binosi oldini to‘sib qo‘yish va turli namoyishlar o‘tkazish taqiqlanadi.

Kiritildi: Bugun 09:05. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!