Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Gruziyada davlat to‘ntarishi rejalashtirilgan edi.

Gruziyada davlat to‘ntarishi rejalashtirilgan edi.

Gruziyada 2024 yilda ma’lum doiradagi shaxslar, jumladan, Ukrainadan kelgan gruziyalik yollanma askarlar hokimiyatni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishni rejalashtirgan.

Bu haqda Gruziya Davlat xavfsizlik xizmatining yillik hisobotida aytiladi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, parlament tomonidan chet el agentlari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va hukumatning 2024 yil 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini soxtalashtirishda ayblanishi davlat to‘ntarishi uchun bahona bo‘lishi kerak edi.

DXXning qayd etishicha, harakatlar parlament va noparlament partiyalar rahbarlari, shuningdek, notijorat tashkilotlar vakillari ishtirokida xorijiy moliyalashtirish ko‘magida muvofiqlashtirilgan. Hisobotga ko‘ra, mamlakatdan tashqarida bo‘lgan Gruziya fuqarolari, xususan, Ukrainada jang qilayotgan gruzin jangchilarining bir qismi ham faol ishtirok etgan.

Hisobotda alohida ta’kidlanishicha, namoyish tashkilotchilarining maqsadi mamlakatdagi vaziyatni "maydanlashtirish" va qurbonlarga olib keladigan to‘qnashuvlarni keltirib chiqarish bo‘lgan.

Kiritildi: 19:21 29.04.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!