Bu haqda Turkiya hukumatiga yaqin Hürriyet gazetasi sharhlovchisi Abdulqodir Selvi yozmoqda.
"Samolyotning texnik sabablarga ko‘ra qulagani ehtimoli ham, urib tushirilgani versiyasi ham tergov qilinmoqda. Kavkaz — o‘ziga xos xavfli mintaqa, shu sababli har bir versiya sinchiklab o‘rganilmoqda", — deya qayd etdi Selvi.
Turkiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Gruziyada halokatga uchragan Turkiya harbiy-havo kuchlariga tegishli C-130 samolyoti bortidagi barcha 20 nafar harbiy qurbon bo‘lgan.