Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Gruziya Rossiya tomoni bilan diplomatik munosabatlarni tiklaydimi?

Gruziya Rossiya tomoni bilan diplomatik munosabatlarni tiklaydimi?

Gruziya rasmiylari Rossiya tomoni bilan diplomatik munosabatlarni yoki temir yo‘l aloqasini tiklash bo‘yicha muzokaralar olib bormagan.

Bu haqda Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi.

"Biz bu masala bo‘yicha hech qanday aloqaga ega bo‘lmadik. Agar bu masala bo‘yicha biron bir yangilik paydo bo‘lsa, biz jamoatchilikni o‘zimiz xabardor qilamiz", dedi u.

Shuni ta’kidlash joizki, 12 fevral kuni Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Rossiya va Gruziya o‘rtasida Abxaziya orqali temir yo‘l aloqasini tiklash imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!