Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Gruziya prokuraturasi sobiq bosh vazir Georgiy Gaxariyaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Gruziya prokuraturasi sobiq bosh vazir Georgiy Gaxariyaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Gruziya bosh prokurori Georgiy Gvarakidze ma’lum qildi

Agar sud Gaxariyani aybdor deb topsa, u 13 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, jinoiy ish “ikki va undan ortiq shaxsning sog‘lig‘iga qasddan og‘ir shikast yetkazish” va “davlat-siyosiy lavozimini egallab turgan shaxs tomonidan vakolatni suiiste’mol qilish” holatlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Ish 2019 yilgi voqealarga, Gaxariya Ichki ishlar vaziri lavozimida bo‘lgan davrga taalluqli. Gap “Gavrilov tuni” deb atalgan voqealar haqida ketmoqda. O‘shanda rossiyalik deputat Sergey Gavrilovning Tbilisiga tashrifi va Gruziyadan ajralib chiqqan Janubiy Osetiya bilan chegara hududida polisiya postining o‘rnatilishi ortidan boshlangan norozilik namoyishi kuch bilan tarqatilgan edi.

Gvarakidzening so‘zlariga ko‘ra, prokuratura suddan Gaxariyani hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llashni so‘raydi. Ma’lum qilinishicha, Gaxariya bir necha oy oldin Gruziyani tark etgan va hozirda xorijda yashamoqda.

Kiritildi: 23:25 12.11.2025. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!