Bugun 19 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Gruziya prezidenti parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar tufayli Konstitusiyaviy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi

Gruziya prezidenti parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar tufayli Konstitusiyaviy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi

Bu haqda Salome Zurabishvili muxolifat yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. Zurabishvilining aniqlik kiritishicha, u Konstitusiyaviy sudga da’vo arizasini 19 noyabr kuni ertalab beradi.

"Bilamizki, endi mamlakatda hech bir muassasa mustaqil emas. Ammo mamlakatda hech qanday huquqiy nizo e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak. Men beradigan da’vo arizasidan maqsad sudyalarning vijdonini sinovdan o‘tkazishdir", — dedi Zurabishvili.

Kecha Gruziya muxolifati vakillari parlament saylovlari natijalariga norozilik bildirish maqsadida shahar markazida transport harakatini to‘sib qo‘ygan edi. Dastlab ular aksiya 24 soat davom etishini aytishgan edi, ammo bugun kechqurun norozilik harakatlari davom etishini e’lon qilishdi.

Kiritildi: 22:53 18.11.2024. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!