Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Gruziya Yevropaga javob qaytardi

Gruziya Yevropaga javob qaytardi

Gruziya Yevropa Ittifoqi tomonidan 29-may kuni Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qayta tiklanishi munosabati bilan e’lon qilingan demarshga javoban Tbilisi mamlakat hali YEIga qabul qilinmaganini eslatdi. Va shuning uchun uning pozisiyasi Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar yashayotgan vaziyatdan farq qiladi. Bu haqda Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Levan Davitashvili bayonot berdi.

Davitashvilining eslatishicha, Gruziya mamlakatning YEIga kirishiga imkon beruvchi islohotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi.

“Umid qilamizki, bu taraqqiyot yevropalik hamkorlarimiz tomonidan munosib baholanadi, biroq Gruziya konteksti haqiqatdan ham boshqacha ekanini ham hisobga olish kerak. Xavfsizlik yoki iqtisodiy aloqalar bo‘yicha bo‘lsin, bizning vaziyatimiz o‘ziga xos”, — dedi Davitashvili.

Bosh vazir o‘rinbosari Tbilisi barcha xalqaro cheklovlarga, jumladan, Rossiyaga qarshi cheklovlarga ham amal qilishiga e’tibor qaratdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Gruziya tomoni havo bandargohlarida bojxona nazoratini kuchaytirishga tayyor – mamlakatda zarur resurslar mavjud.

Kiritildi: 05:51 30.05.2023. O'qildi: 5129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!