Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Gruziya Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordamidan mahrum bo‘lishi mumkin

Gruziya Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordamidan mahrum bo‘lishi mumkin

Evroparlamentning yangi rezolyusiyasi Yevropa Ittifoqini Tbilisi “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunlar, jinsni o‘zgartirishni taqiqlash va “LGBT tashviqoti” to‘g‘risidagi qonunlarni bekor qilmaguncha Gruziya hukumatiga ajratilgan barcha mablag‘larni muzlatishga chaqiradi.

Deputatlar, shuningdek, Yevrokomissiyadan 26 oktyabr kuni Gruziyada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga oid yangi qonunlar va shartlar yuzasidan “Tbilisining Yevropa Ittifoqiga nomzod davlatlar uchun belgilangan mezonlarga qanchalik to‘g‘ri kelishini” baholashni so‘radi.

Hujjatda qayd etilishicha, Gruziyada yaqinda qabul qilingan qonunchilik Tbilisining Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashuvini haqiqatda to‘xtatib qo‘ygan. Shu munosabat bilan Yevroparlament Yevropa Ittifoqi davlatlarini “Gruziyada demokratiyaga putur yetkazishda mas’ul shaxslarga, muxolifat va tinch namoyishchilarni ta’qib qilishda ishtirok etganlarga, shuningdek, G‘arbga qarshi dezinformasiya tarqatganlarga qarshi shaxsiy sanksiyalar qo‘llashga chaqirmoqda”.

Kiritildi: 10:11 10.10.2024. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!