Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gruziya bosh vaziri hukumatdagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Gruziya bosh vaziri hukumatdagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze hukumat tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi va uning iste’foga chiqishi haqida tarqalgan xabarlarni «safsata» deb atadi.

Hukumat rahbari jurnalistlarga bergan izohida undan har uch oyda iste’fosi haqida so‘rashlarini aytgan.

Kobaxidze uch oydan keyin ham unga xuddi shu savol yana berilishini kutayotganini qo‘shimcha qildi.

Bosh vazir, shuningdek, Ajariya Avtonom Respublikasi hukumati rahbari Zurab Pataradze Gruziya bosh vaziri lavozimini egallashi haqidagi xabarlarni «bo‘hton» deb atadi.

Qayd etilishicha, Gruziyadagi ayrim muxolifatga moyil OAVlar hukumatda o‘zgarishlar amalga oshirilishi haqida xabarlar tarqatgan.

Hukmron jamoa vakillari esa hukumat tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha hech qanday reja yoki g‘oya yo‘qligini bildirmoqda.

Kiritildi: 15:07 07.09.2026. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!