Gruziya 2026 yilda 4000 gacha noqonuniy muhojirni deportasiya qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Gruziya ichki ishlar vaziri Gela Geladze ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, 2025 yilda mamlakatdan 1300 dan ortiq noqonuniy muhojir deportasiya qilingan.
"Bu yil boshidan beri 400 dan ortiq noqonuniy muhojir deportasiya qilingan. O‘tgan hafta men jamoatchilikka 2025 yilda mamlakatdan 1300 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborilgani haqida xabar berdim. Tabiiyki, bu bizning ustuvor vazifamiz va biz bu yil 4000 gacha noqonuniy muhojirni deportasiya qilishni rejalashtirmoqdamiz", deb aniqlik kiritdi u.
Shuni ta’kidlash kerakki, Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze ilgari 2026 yil 1 martdan boshlab mamlakatda chet elliklarning ish bilan ta’minlanishi qonun bilan sezilarli darajada cheklanishini e’lon qilgan edi.