MAGATE rahbari Rafael Grossi RIA Novosti bilan suhbatda yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishiga ishonch bildirdi.
«Biz rossiyalik hamkasblarim bilan birgalikda buni qachon qilish kerakligini aniqlaymiz», dedi u.
Shu bilan birga, Grossi davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar yaxshi rejalashtirilgan bo‘lishi va muhim nuqtalarga javob berishi kerakligini ta’kidladi.