Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann Fransiya termasidagi faoliyatini yakunladi.
"Xotiralarga to‘la yurak bilan hayotimning ushbu bobini yopaman. Ushbu ajoyib uch rangli sarguzasht uchun rahmat va tez orada ko‘rishguncha", – dedi 33 yoshli futbolchi.
Grizmann Fransiya terma jamoasidagi debyutini 2014 yilning mart oyida o‘tkazgan. O‘shandan beri u terma safida 137 o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urgan. U 2018 yilgi jahon chempioni, 2022 yilgi jahon va 2016 yilgi Yevropa vise-chempioni, 2021 yilgi Millatlar Ligasi g‘olibi.