Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Greta Tunberg G‘azoga kirishga uringanidan keyin Isroildan chiqarib yuborildi

Greta Tunberg G‘azoga kirishga uringanidan keyin Isroildan chiqarib yuborildi

Isroil hukumati shved faoli Greta Tunberg bir guruh tarafdorlari bilan yaxtada G‘azo sektoriga yetib olishga uringanidan keyin deportasiya qildi. Isroil TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Tunberg hujjatlarni imzolashdan bosh tortgan va endi sud qarori bilan deportasiya qilinadigan ba’zi hamrohlaridan farqli o‘laroq, ixtiyoriy deportasiyaga rozi bo‘lgan.

E’lon qilingan kadrlarga ko‘ra, 22 yoshli Tunberg Shvesiyaga uchayotgan samolyotda charchagan va asabiylashgan. Isroilda u XAMASga yaqin qarashlarni ilgari surganlikda ayblanib, “antisemit” deb atalgan. Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katz Tunberg va uning hamrohlariga 2023-yil 7-oktyabr kuni Xamas hujumi aks etgan suratlarni taqdim etganini, biroq ular rad etishganini aytdi.

Bir hafta oldin Tunberg va bir guruh faollar o‘zlari bilan bir qancha gumanitar yordam olib, Madlin yaxtasida Italiyadan G‘azo qirg‘oqlariga suzib ketishgan edi. Isroil harbiylari kemani to‘xtatib, yuklarni yetkazib berishni o‘z zimmasiga olishni taklif qilgan. O‘sha paytda Tunberg oldindan yozib olingan videoni joylashtirdi, unda u "Isroil armiyasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan" deb da’vo qildi.

"G‘azoga kim haqiqatda yordam bermoqda va kim shunchaki o‘z nafsini oshirmoqda? Greta gumanitar yordam olib kelmadi - u o‘zi olib keldi", dedi Isroil hukumati vakili Devid Mentzer Tunbergning harakatini "Instagram faolligi" deb atagan.


Kiritildi: 12:37 11.06.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!