Gresiyadagi qattiq issiqlik fonida yana bir yirik o‘rmon yong‘ini kelib chiqdi — bu safar Korinf shahri yaqinida, janubiy munisipalitetdagi tog‘li hududda. Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in tez suratda tarqalgan va mahalliy aholi o‘z uylarini shoshilinch tark etishga majbur bo‘lgan.
Hodisa joyiga 180 dan ortiq yong‘in o‘chiruvchi jo‘natilgan, shuningdek, aviasiya jalb etilgan: 15 ta samolyot va 12 ta vertolyot yong‘unni o‘chirishda ishtirok etmoqda. Yaxshi tomoni shundaki, jabrlanuvchilar yo‘q, biroq yuqori haroratlar yong‘unga qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda — Gresiyaning ayrim hududlarida harorat 40°C darajagacha yetgan.
Evropa iqlim o‘zgarishining shiddatli oqibatlarini his qilishda davom etmoqda. Copernicus'ning 2024 yilgi hisobotiga ko‘ra, 1980-yillardan beri Yevropa qit’asida isish jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar tezroq kechmoqda.
Mutaxassislar ogohlantirmoqda: iqlim inqirozi sharoitida bunday tabiiy ofatlar yanada tez-tez ro‘y berishi ehtimoldan xoli emas.