Gresiya Turkiyaning Egey dengizidagi huquq va manfaatlariga tajovuz qilishga urinishni bas qilishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an aytib o‘tdi, deb yozadi Anadolu agentligi.
U Gresiya OAVlarining Turkiyaning “Tayfun” raketalari tahdidi haqidagi xabarlariga izoh berdi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqara “Afinaga raketalar bilan zarba berish” maqsadida emas.
“O‘zaro qadamlar faqat Turkiya manfaatlariga tahdid bo‘lgan taqdirdagina qo‘llanilishi mumkin”, dedi u. Shu bilan birga, Rajab Toyyib Erdog‘an so‘nggi sinovlar davomida ushbu modifikasiyadagi raketalar 561 kilometr masofadagi nishonga aniq zarba berganini ta’kidladi.
Avvalroq Turkiya prezidenti agar “xotirjam bo‘lmasa” va qurol-yarog‘ arsenalini kengaytirish yo‘nalishini o‘zgartirmasa, Afinaga Turkiyaning “Tayfun” qisqa masofali ballistik raketalarini yuborishi mumkinligini ochiqchasiga ma’lum qilgandi.