"Qora polkovnik" xuntasi tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan Afina politexnika talabalari qo‘zg‘olonining 51 yilligi munosabati bilan greklar AQSh elchixonasiga yurish qildi.
Ishtirokchilar bannerlar, qizil bayroqlar va Falastin bayroqlarini ko‘tarib, baland ovozda: "Amerikaliklar xalqlarning qotilidir!", "Yo‘qol, amerikaliklar va NATO!" Xuddi shunday yurish Saloniki shahrida ham bo‘lib o‘tdi. U yerda namoyishchilar Amerika bayrog‘ini yoqib yuborishgan.
Polisiya bilan ba’zi to‘qnashuvlar bo‘lgan. Otilgan molotov kokteyliga javoban polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. 150 kishi hibsga olingan.