Fransiya AQShning Grenlandiyaga qarshi harakatlari uning YEI bilan savdosiga xavf tug‘dirishi mumkinligini bildirdi, deb yozmoqda Financial Times.
"Fransiya moliya vaziri Rolan Leskyurning aytishicha, Grenlandiyani egallashga qaratilgan har qanday qadam “qizil chiziqdan o‘tish” hisoblanadi va Yevropa Ittifoqi bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni xavf ostiga qo‘yadi. U bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessentni ogohlantirgan", deb yozadi.
Shuningdek Leskyur, Grenlandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan suveren davlatning yu hududi ekanini ta’kidlab, bu masalada har qanday aralashuv qabul qilib bo‘lmasligini qayd etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyaga bostirib kirgan taqdirda Yevropa Ittifoqi iqtisodiy sanksiyalar joriy etishi mumkinmi, degan savolga vazir bunday holat butunlay yangi vaziyatni yuzaga keltirishini va Yevropa bunga mos choralar ko‘rishga majbur bo‘lishini aytgan.