Grenlandiyada parlament saylovlari ikkinchi kunga cho‘zildi.
Muzli orolda jami 57 ming aholi yashaydi, lekin avtomobil yo‘llari deyarli yo‘q. Shu sababli uzoq hududlarda yashayotgan aholiga byulletenlar vertolyotda yetkazib berilgan. Yagona saylov uchastkasi poytaxt Nuuk shahrida joylashgan.
Barcha aholi ovoz berishga ulgurmagani sababli saylov ikkinchi kun ham davom etmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri.
Yangi parlament orolning mustaqil bo‘lishi bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Dunyodagi eng katta orol aholisi Trampning bosimi ostida Daniyadan mustaqil bo‘lishga qaror qildi. Yetakchi partiya rahbari va bosh vazir Mute Egede AQSh pozisiyasini "hurmatsizlik" deb atadi.