"Biz amerikalik bo‘lishni istamaymiz, biz daniyalik bo‘lishni ham hoxlamaymiz, biz grenlandiyalik bo‘lishni istaymiz", deyiladi Grenlandiya parlamentining besh siyosiy partiyasi, jumladan muxolifat vakillari tomonidan e’lon qilingan bayonotda.
Siyosatchilar Grenlandiyaning kelajagini faqat uning fuqarolari belgilashi kerakligini, tashqi aralashuvga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.
Shuningdek, ular Grenlandiya AQSh va boshqa G‘arb davlatlari bilan o‘zaro hurmat va tenglik asosida hamkorlikni davom ettirishni xohlashini qo‘shimcha qildi.