Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Grenlandiya aholisi AQSh vise-prezidentining rafiqasini qabul qilishdan bosh tortdi

Grenlandiya aholisi AQSh vise-prezidentining rafiqasini qabul qilishdan bosh tortdi

Qo‘shma Shtatlar delegasiyasining Grenlandiyaga tashrifi doirasida rejalashtirilgan tadbirlardan biri AQShning ikkinchi xonimi Usha Vensning Nuuk shahridagi xonadonlardan biriga tashrifi bo‘lishi kerak edi. Daniyaning TV2 telekanali xabar berishicha, AQSh diplomatlari shaharda yurib, mahalliy aholidan Vensni o‘z uylariga qabul qilishga rozi ekanliklarini so‘rashgan. Biroq barcha hollarda rad javobi olingan.

Bundan avval Kopengagen Usha Vensning Grenlandiyada ommalashgan itlar chanalari poygasiga tashrif buyurishni rejalashtirgani uchun norozilik bildirgan edi. Shuningdek, Oq uy delegasiyaga vise-prezident Jey Di Vens shaxsan boshchilik qilishini va tashrif faqat AQShning Pituffik harbiy-kosmik bazasi bilan cheklanishini e’lon qildi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish niyati borligini ma’lum qilgan va bunga harbiy yoki iqtisodiy bosim orqali erishish ehtimolini istisno etmagan edi. Usha Vensning Grenlandiyaga safari arafasida Tramp Vensni Grenlandiyaga taklif qilishganini ma’lum qilgan edi. Biroq mahalliy hukumat bu taklif rasman ham, norasman ham bildirilmaganini tasdiqladi.

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Vensning tashrifini tanqid qilib, uni "qabul qilib bo‘lmaydigan bosim" deb atagan edi.

Kiritildi: 13:37 28.03.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!