Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Google Germaniyadagi loyihalarga 5,5 milliard yevro sarmoya kiritadi

Google Germaniyadagi loyihalarga 5,5 milliard yevro sarmoya kiritadi

Amerikaning Google texnologiya kompaniyasi yaqin to‘rt yil ichida Germaniyadagi loyihalarga 5,5 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi.

Bu haqda kompaniyaning Germaniyadagi operasiyalari rahbari Filipp Yustus bayonotiga tayanib, Der Spiegel jurnali xabar berdi.

Xususan, mablag‘lar Gessenning Ditsenbax shahrida yangi ma’lumotlar markazini qurish va Xanauda (shuningdek Gessenda) mavjud ma’lumotlar markazini kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Google shuningdek, Berlin, Myunxen va Frankfurt-na-Maynda o‘z faoliyatini kengaytiradi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu Germaniyadagi eng yirik investisiya dasturidir. U 2029 yil oxirigacha Germaniyada har yili taxminan 9000 ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.

Googlening rejalarini Germaniya kansleri Fridrix Mers ijtimoiy tarmoqdagi postida olqishladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Germaniya "dunyodagi eng jozibador investisiya joylaridan biri bo‘lib qolayotganini" ko‘rsatadi.

Kiritildi: 08:00 12.11.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!