Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovasiya» panel sessiyasida Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich ma’lum qildi.
Ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy SI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformasiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilinmoqda.