Google foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Gemini yordamida noqonuniy ravishda yig‘ishda ayblanmoqda
Foydalanuvchilar tomonidan AQShning Kaliforniya shtati sudiga berilgan da’vo arizasiga ko‘ra, Google'ga egalik qiluvchi Alphabet Inc. kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyida Gemini’ni yashirin tarzda Gmail, Chat va Meet ilovalariga ulab qo‘ygan. Bu esa sun’iy intellekt yordamchisiga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz yig‘ish imkonini bergan.
Qayd etilishicha, foydalanuvchi Gemini’ni o‘chirib qo‘yishi mumkin, biroq buning uchun Google’dagi maxfiylik sozlamalarini o‘zgartirish talab etiladi.