Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Google brendi qanday paydo bo‘lgan?

Google brendi qanday paydo bo‘lgan?

Dunyoning hech bir burchagida Google haqida eshitmagan inson bo‘lmasa kerak. Xo‘sh, uning yaratilish tarixi qanday bo‘lgan? 

Google tarixi 1995 yilda uning asoschilari Larri Peyj va Sergey Brinning uchrashuvi bilan boshlangan. O‘sha paytda Larri Stenford universitetida Ph.D. talabasi bo‘lgan, Sergey esa shu universitetga o‘qishga kirishga harakat qilayotgan edi. Ular 1996 yilda ish boshlagach, o‘zlarining ilk qidiruv tizimlarini BackRub deb nomlashgan edi. Larri ofisda qator bir qancha magistrlar, Shon Anderson, Tamara Munzner va Lukas Pereyralar bilan birga o‘tirardi. 1997 yilda ular qidiruv tizimi uchun yangi nomlarni muhokama qilishadi

Shon va Larri turli nomlarni saralayotgan paytda Shon ko‘p xonali maxsus raqamlardan biri – googolplex’ni taklif qiladi. Larri esa bu nomni og‘zaki tarzda qisqartirib, googol (birning orqasida yuzta nol bor son) deb ataydi. Kompyuter yonida o‘tirgan Shon esa bu nomni domen uchun qidiruvga berayotganda adashib Google deb yozadi va kompyuter oynasi Google’ning band qilinmaganini ko‘rsatadi. Garchi xato yozilgan bo‘lsa-da, Larriga bu nom juda yoqadi va mashhur qidiruv tizimining nomi shu tarzda atala boshlanadi. Shunday qilib Google 1997 yil 15 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tadi.

Kiritildi: 11:45 08.08.2020. O'qildi: 3851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!