Gonkongdagi yirik yong‘in qurbonlari soni 94 kishiga yetdi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi shahar o‘t o‘chirish bo‘limiga tayangan holda xabar bermoqda.
Avvalroq qurbonlar soni 83 nafar edi.
Yong‘in 26 noyabr kuni sakkizta ko‘p qavatli uydan iborat Wang Fuk Court turar-joy majmuasida boshlangan. Bitta bino katta zarar ko‘rmagan, yettitasi esa alanga ichida qolgan. Olov kosmetik ta’mirlash uchun binolarga o‘rnatilgan bambuk iskala orqali tarqaldi. Majmuada 2000 ga yaqin xonadon mavjud bo‘lib, 4000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.