Gonkongning Tay Po tumanidagi turar-joy majmuasida yuz bergan kuchli yong‘in qurbonlari soni 151 kishiga yetdi.
Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Xabar qilinishicha, yong‘in natijasida vayron bo‘lgan binolarni ko‘zdan kechirayotgan qutqaruvchilar bugun yana besh nafar jasadni topgan.
2024 yil iyul oyidan buyon turar-joy majmuasining sakkizta massivida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani, binolar bambukdan yasalgan iskala va yashil to‘r bilan qoplangani avval xabar qilingan edi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, ta’mirlash ishlarida qo‘llanilgan tez yonuvchi polistirol ko‘pik yong‘inning tez tarqalishiga sabab bo‘lgan. Yong‘inga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishi hibsga olingan.