Giyohvand moddalar Gonkongga olib ketilgan bo‘yalgan keramika tagliklariga yashirilgan.
Yuk mahalliy bojxonachilarni qiziqtirdi, chunki bunday tovarlar odatda Qirg‘izistondan keltirilmaydi, deb yozadi OAV.
54 yoshli erkak giyohvand moddalar sotib olish uchun aeroportga kelgan va hibsga olingan.
Metamfetaminning og‘irligi 88 kg ni tashkil qilgan. Polisiya tergovni boshlagan.