Gollandiya maktablarida mobil telefonlar taqiqlanadi, deya xabar beradi Euronews.
Gollandiya maktablarida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash boshlandi. Mamlakat ta’lim vazirligining tushuntirishicha, bu chora bolalarga darsdan boshqa hech narsa haqida o‘ylamaslikka yordam beradi. Ta’lim muassasalari hukumat tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va cheklovga rozi bo‘ldi.
«Biz buni qonun bilan taqiqlamaymiz. Keling, ushbu talabning ta’sirini batafsil ko‘rib chiqaylik. Albatta, har doim qonuniy cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Lekin o‘ylaymanki, biz o‘zaro kelishuvga erisha olamiz», – dedi Niderlandiya ta’lim vaziri Robert Deykgraaf.
Biroq, ko‘plab o‘quvchilar bu fikrdan mamnun emaslar. Ular telefonga ehtiyoj borligini ta’kidladi.
Maktablarda mobil telefonlar, planshetlar va «aqlli soatlar»dan foydalanishni taqiqlash 1 yanvardan kuchga kiradi. Aniq cheklovlarni o‘qituvchilar, bolalar va ularning ota-onalari bilan kelishilgan holda joriy etish rejalashtirilgan.