Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

"Goldman Sachs" 1MDB korrupsiya mojarosi bo‘yicha aksiyadorlar bilan kelishuvga erishdi

"Goldman Sachs" 1MDB korrupsiya mojarosi bo‘yicha aksiyadorlar bilan kelishuvga erishdi

​AQShning "Goldman Sachs" banki Malayziyaning 1MDB davlat fondi atrofidagi korrupsiya mojarosi sababli aksiyadorlar tomonidan berilgan jamoaviy da’voni yopishga rozi bo‘ldi. Aksiyadorlar bankni fonddagi firibgarliklardagi ishtirokini yashirganlikda va investorlarni aldaganlikda ayblagan edi.

​Manxetten sudiga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan va uning shartlari 20 mayga qadar tasdiqlanishi ketilyapti. Malayziyaning 1MDB fondidan 4,5 milliard dollar mablag‘ o‘g‘irlangani aniqlangan bo‘lib, "Goldman Sachs" ushbu fond uchun 6,5 milliard dollarlik qimmatli qog‘ozlarini sotishda vositachilik qilgan va bundan 600 million dollar foyda ko‘rgan.

​Avvalroq, 2020 yilda bank ushbu mojaro doirasida AQSh Adliya vazirligi va boshqa organlarga 2,9 milliard dollar jarima to‘lagan edi. Yangi kelishuv bankning aksiyadorlar oldidagi huquqiy nizolarini yakunlashi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:47. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!