Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Goal portali YECHL favoritlarini taxmin qildi: "Barselona" 5, "Real" 10-o‘rinda

Goal portali YECHL favoritlarini taxmin qildi: "Barselona" 5, "Real" 10-o‘rinda

Nufuzli "Goal" portali mutaxassislari Chempionlar ligasi musobaqasining umumiy bosqich 6-tur o‘yinlari yakunlangach, turnir favoritlari reytingini yangiladi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasida "Arsenal" bormoqda, u olti tur davomida ochko yo‘qotmagan va atigi bitta gol o‘tkazib yuborgan. Qizig‘i, "kanonirlar" hali biror marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishmagan va buni birinchi marta amalga oshirishmoqchi.

Ikkinchi o‘rindan "Bavariya" joy olgan bo‘lsa, amaldagi sovrin sohibi "PSJ" uchlikni yakunlab berdi.

Keyingi o‘rinlarda "Manchester Siti", "Barselona", "Liverpul", "Atletiko", "Atalanta", "Chelsi" va "Real" klublari joy olgan.

Ko‘rib turganingizdek, "Real" inqiroz fonida allaqachon o‘ninchi o‘ringa tushib ketdi.

Kiritildi: Bugun 19:06. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!