Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Goal nashri «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi

Goal nashri «Oltin to‘p»ga da’vogarlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi

2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da’vogar — Angliya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn. Goal nashrining ta’kidlashicha, hujumchi joriy mavsumda klub va terma jamoa safida allaqachon 73 ta gol urgan, shuningdek, Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.

Ikkinchi o‘rinni Keynning jamoadoshi, Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise egallab turibdi. Yetakchilar uchligini Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan yana bir fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe yakunlaydi. Top-5 likka «PSJ»dan Usmon Dembele va «Inter Mayami»dan Lionel Messi ham kirgan.

«PSJ»ning gruziyalik hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya reytingda sakkizinchi o‘rinda qayd etilgan. Top-20 likni «Bavariya»ning yana bir o‘yinchisi Ismael Saybari yakunlab berdi.

Kiritildi: 17:13 12.07.2026. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!