Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Global isish yuz millionlab insonlarni muhojirga aylantirishi mumkin

Global isish yuz millionlab insonlarni muhojirga aylantirishi mumkin

BMT Xalqaro Migrasiya Tashkiloti (XMT) ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib, iqlim muhojirlari soni 216 million kishiga yaqinlashishi yoki kamida 44 millionga yetishi mumkin.

Ekspertlarning fikricha, iqlim inqirozining oqibatlari kuchaygan sari, mamlakatlararo iqlim migrasiyalari tobora kuchayib boradi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yil ichida dunyoda yiliga o‘rtacha 21,6 million kishi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘z mamlakatlari ichida ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, kelgusi 10 yil ichida 1 milliard odam dengiz sathining ko‘tarilishi, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik, ekstremal harorat va oziq-ovqat xavfsizligi muammolariga duch kelishi mumkin.

2050-yilga borib, Sahroi Kabirdan Janubiy Afrika, Sharqiy Osiyo va tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Osiyo, Lotin Amerikasi hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari iqlim migrasiyasiga duch kelishi mumkin.

Kiritildi: 21:00 28.09.2023. O'qildi: 3658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!