Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Gitlerning xazinasi qayerda ekanligi e’lon qilindi

Gitlerning xazinasi qayerda ekanligi e’lon qilindi

Germaniyada Uchinchi Reyx ofiseri Egon Ollenxauerning shaxsiy kundaligi nashr qilindi. Unda Polshadan chekinish vaqtida nasistlar tomonidan yashirilgan oltin tangalar, san’at asarlari va boshqa qimmatbaho boyliklar joylari haqida ma’lumot berilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kundalikka ko‘ra, Adolf Gitler xazinaga to‘la 260 ta yuk mashinasini, sovet qo‘shinlari ularni topib olmasliklari uchun, Polsha hududining 11 ta joyida bekitishga buyruq bergan.

Bundan tashqari, kundalik muallifining o‘zi Ollenxauer ushbu operasiyaning asosiy figurasi bo‘lib, u nasistlar va Sovet Ittifoqidan o‘z boyliklarini olib qolishga harakat qilgan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ham vositachi rolini bajargan.

Kundalikda yozilishicha, xilvatgohlarning birida 28 tonna oltin saqlanmoqda, ba’zi maxfiy joylarda esa oltin tangalar, zargarlik buyumlari va boshqa boyliklar saqlanmoqda. Xususan, o‘sha hech kim bilmaydigan joylarning birida Fransiyada o‘g‘irlangan 47ta san’at asarlari bekitilgani qayd etilgan. Ular orasida Bottichelli, Rubens, Karavajo, Mone, Rafael va Rembrandt ishlari borligi aytilmoqda.

Ushbu kundalikka hozir egalik qilayotgan Schlesische Br cke jamg‘armasi vakili Roman Furmanyakning so‘zlariga ko‘ra, nemis ofiserining yozuvlari o‘n yilliklar davomida Germaniyaning Kvedlinburg shahridagi masonlar jamiyatida saqlangan, va atigi bir necha yil oldin jamg‘armaga topshirilgan.

Biz kundalik haqidagi ma’lumotlarni endi e’lon qilishimiz sababi shundaki, o‘sha voqealarga aloqasi bo‘lgan odamlar, ayniqsa Vaffen SS xodimlari umuman qolmasligini kutgan edik. Masonlar lojasi talabi edi bu , deb so‘zlagan u Daily Mailga bergan intervyusida.

Furmanyak shuningdek, kundalikning haqiqiyligi beshta nemis ta’lim muassasalari, xususan, Georg-Avgust nomidagi Gettingen universiteti san’at tarixi fakulteti tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qilgan.

Furmanyakka ko‘ra, hozirda jamg‘arma maxfiy joylar saqlanib qolgan-qolmaganini bilish uchun kundalikda aytib o‘tilgan joylarda tadqiqot o‘tkazmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, xazina saqlanayotgan joylarning biri sifatida hovuz tagi aytilgan bo‘lsa, yana biri - Polsha saroylarining birida joylashgan maxfiy xona ekanligi ko‘rsatilgan, uchinchi qismi esa - parkdagi chuqur quduq ichida bekitilgan.

Kiritildi: 10:03 09.03.2019. O'qildi: 5274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!