Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Gitler qachon o‘lgan edi?

Gitler qachon o‘lgan edi?

Bilasizmi, fransuz olimlari 1946 yildan beri ilk marta Adolf Gitlerning tishlarini o‘rganib chiqdi va uning o‘limi sanasini aniqlashdi. Bu haqda «xabar.uz» xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar 2017 yili Rossiya ularga bergan Hitlerning qoldiqlari haqiqiy ekanini ta’kidlashmoqda.

Ekspertiza Gitlerning 1945 yil 30 aprel kuni o‘lganini tasdiqladi.

«Biz Gitler haqidagi barcha nazariyaga nuqta qo‘ya olamiz. U suvosti kemasida Argentinaga bormagan. U Antarktidaning maxfiy bazasida ham, Oyning qorong‘u tomonida ham emas», – dedi ekspert guruhi rahbari Filipp Sharlye.

Shuningdek, olimlar diktatorning bosh suyagini tekshirib ko‘rishdi. Tekshiruv xulosalari Gitlerning o‘limidan bir yil avvalgi boshining rentgenografiyasiga to‘liq mos tushdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, avval olimlar fashist diktatorining o‘limiga nima sabab bo‘lgani haqida ko‘p ter to‘kishgan ekan.

Gitlerning tish protezlari orasida zahar asorati hamda bosh suyagida o‘q izlari borligi aniqlandi.

Kiritildi: 23:22 19.05.2018. O'qildi: 11173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!