Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ilk xorijiy tashrifini Isroilga amalga oshirdi. U Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar bilan uchrashadi, Yad Vashem yodgorligi va Falastin hududlarini ziyorat qiladi.
Ketishidan oldin Vadeful "Germaniya aniq Isroil tomonida" ekanligini ta’kidladi va Germaniya-Isroil munosabatlarini "qimmatli sovg‘a" deb atadi.
Muhokama 2023-yil oktyabr oyida Xamas hujumidan so‘ng boshlangan G‘azodagi urushga bag‘ishlangan. Isroil og‘ir gumanitar inqiroz sharoitida o‘nlab odamlarni garovda ushlab turgan jangarilarga qarshi operasiyani davom ettirmoqda.
Vadefulning aytishicha, u "mart oyida yangilangan janglarning strategik maqsadlariga oydinlik kiritmoqchi". Kansler Fridrix Mers, o‘z navbatida, Isroil “o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo insonparvarlik majburiyatlari va xalqaro qonunlarga rioya qilishi” kerakligini ta’kidladi.
Vadeful Isroildan keyin Boltiqbo‘yi mintaqasidagi xavfsizlikka e’tibor qaratadi, uning fikricha, “hozirgacha juda kam e’tibor berilgan”.
Kelasi hafta Germaniya tashqi ishlar vaziri Tallindagi Boltiq dengizi davlatlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Unda sohilbo‘yi mamlakatlari, jumladan Polsha, Finlyandiya, Shvesiya va Boltiqbo‘yi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etadi.