Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyaning Porsche avtomobilsozlik konserni zararlar fonida mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaytmoqchi

Germaniyaning Porsche avtomobilsozlik konserni zararlar fonida mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaytmoqchi

Bu haqda Europäische Sicherheit & Technik nashri xabar bermoqda.

Volkswagen va Porsche aksiyalariga egalik qiluvchi Porsche SE Holding 2024 yil yakunlariga ko‘ra 20 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rgan. Bu konsernni yangi biznes yo‘nalishlarini izlashga majbur qilmoqda. Xususan, Porsche mudofaa loyihalariga 2 milliard yevrogacha sarmoya kiritishi mumkin. Kompaniya allaqachon uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan Quantum Systems startapiga investisiya kiritgan.

Europäische Sicherheit & Technik nashrining yozishicha, mudofaa loyihalari Porsche uchun "ildizlarga qaytish"dir. Kompaniya Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy texnika ishlab chiqargan, urushdan keyin esa Leopard 1 tanki ishlab chiqilishida ishtirok etgan.

Kiritildi: 12:32 04.04.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!