"Bugun konsullik Myunxen sportchilari qirg‘ini qurbonlarini xotirlash marosimi munosabati bilan tashkillashtirilgan yopiq tadbirda (bugun bu voqeaning 52 yilligi) otishma sodir bo‘ldi. Buning natijasida konsullik xodimlaridan hech biri jabrlanmadi", — deya ma’lum qildi Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oren Marmorshteyn.
O‘q otgan shaxs Germaniya xavfsizlik kuchlari tomonidan zararsizlantirilgan.