Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyaga kelgan ukrainaliklarning 60 foizini harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi erkaklar

Germaniyaga kelgan ukrainaliklarning 60 foizini harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi erkaklar

30 may holatiga ko‘ra, Germaniyada 1 million 348 ming nafar ukrainalik qochoq bor, shundan 356 ming nafari 18 dan 63 yoshgacha bo‘lgan erkaklardir. Bu haqda Federal migrasiya va qochoqlar idorasi (BAMF) ma’lumotlariga tayanib, RND nashri xabar bermoqda. Taqqoslash uchun: 2025 yil 8 martda bu ko‘rsatkich 1 million 254 ming kishini, shu jumladan 298 ming erkakni tashkil qilgan.

"n-tv" nashrining qayd etishicha, so‘nggi 16 oy ichida Ukrainadan Germaniyaga kelgan qariyb 100 000 kishining 60 foizga yaqinini chaqiruv yoshidagi erkaklar tashkil qiladi. Bu urush boshlanganidagi vaziyatdan keskin farq qiladi, o‘shanda asosan ayollar va bolalar kelardi. 2025 yil avgustdan boshlab 18-22 yoshdagi erkaklarga Ukrainani tark etishga ruxsat berilgan.

Shu sababli Germaniyada qoidalarni qayta ko‘rib chiqish va chaqiruv yoshidagi ukrainalik erkaklarga himoya maqomini avtomatik ravishda berishni to‘xtatish masalasi muhokama qilinmoqda. Yevropa Ittifoqida 23 dan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar uchun boshpana so‘rashning umumiy tartibini joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!