Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyadan Afg‘onistonga ikkinchi deportasiya reysi jo‘nab ketdi

Germaniyadan Afg‘onistonga ikkinchi deportasiya reysi jo‘nab ketdi

Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt ARD telekanaliga ma’lum qildi.

Bortida 81 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan samolyot Leypsig ayeroportidan havoga ko‘tarildi. Dobrindtning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar “jinoyatlar uchun sudlangan” va “majburiy deportasiya qilinishi kerak”.

Dobrindt Kobulga parvozni amalga oshirishda Germaniyaning “strategik hamkorlari”, xususan, Qatar ishtirok etganini ma’lum qildi.

Bu 2024 yil avgustdan beri birinchi va Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelgan 2021 yilning yozidan keyingi ikkinchi deportasiya parvozi bo‘ldi.

Germaniya 2024 yil 30 avgustda 28 nafar afg‘onistonlikni vataniga deportasiya qilgandi. Ular Germaniyada sudlangan jinoyatchilar edi. Parvoz oldidan ularning har biri 1000 yevrodan olgan.

O‘shanda “Tolibon” vakili Germaniyadan deportasiya qilingan jinoyatchilar ularning oilalari hech qanday jinoiy huquqbuzarlik qilmasliklari haqida yozma kafolat berganidan keyin qo‘yib yuborilganini aytgandi.

Bu qaror inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid ostiga olinmoqda. Ularning ta’kidlashicha, deportasiya qilingan shaxslar Afg‘onistonda huquqlarining buzilishi, qiynoqlar va qatag‘onlarga duch kelish xavfi ostida qolishi mumkin.

Kiritildi: 17:37 18.07.2025. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!