Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniyadagi ukrainlar Rossiya foydasiga josuslik qilgan

A A A
Germaniyadagi ukrainlar Rossiya foydasiga josuslik qilgan

Germaniya federal prokuraturasi Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanayotgan uch nafar Ukraina fuqarosi hibsga olinganini ma’lum qildi.

Vladislav T., Daniil B. va Yevgeniy B. shuningdek, o‘t qo‘yish va portlashlarni rejalashtirganlikda ham gumon qilinmoqda. Tergov materiallariga ko‘ra, 2025 yil boshida bu shaxslar "ehtimol Rossiya davlat tuzilmalari topshirig‘i bilan harakat qilayotgan" kishilar bilan Germaniyada qo‘poruvchilik harakatlarini uyushtirishga kelishib olishgan.

"Gumonlanuvchilar Germaniyadan Ukrainaga tashish paytida ishga tushishi mumkin bo‘lgan portlovchi yoki yondiruvchi qurilmalar solingan jo‘natmalarni yuborishlari kerak edi," deya ta’kidlangan prokuratura bayonotida.

Kiritildi: 22:05 14.05.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!