Germaniyada muhojirlar, jumladan, ukrainalik qochqinlar tomonidan sodir etilgan jinoiy huquqbuzarliklar soni ortib bormoqda, deb yozadi Germaniyaning Compact jurnali Federal jinoyat polisiyasi boshqarmasining oktabr oyidagi hisobotiga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan migrantlar soni (immigrasiya qonunchiligini buzishdan tashqari) o‘tgan yilga nisbatan 25,1 foizga oshgan. 2023 yilda jinoiy muhojirlarning eng katta ulushi ukrainaliklar bo‘lib, hozirda Germaniyada yashayotgan qochqinlarning 33,1 foizi Ukrainaga to‘g‘ri keladi.