Germaniyaning Noyshtadt-na-Valdnabe shahrida o‘t o‘chiruvchi yuk mashinasining bozor do‘koniga qulashi oqibatida sakkiz kishi jabrlandi.
Bu haqda Welt nashri polisiyaga tayanib xabar berdi.
"Yuqori Pfalsdagi Noyshtadt-na-Valdnab shahrida o‘t o‘chirish mashinasi operasiyaga ketayotib bozor rastasiga borib urilgan – sakkiz kishi yengil va o‘rtacha darajadagi tan jarohati olgan", — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borish uchun bozor maydonini kesib o‘tishga majbur bo‘lgan va tasodifan savdo rastasining ilmoqli qopqog‘iga tegib ketgan.