Germaniyada soliqlar oshirilishi mumkin. Bunga mamlakat 30 milliard yevrolik byudjet taqchilligini qoplash zarurligi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Germaniya moliya vaziri va Lars Klingbayl ma’lum qildi.
"Men oxir-oqibatda 30 milliard yevro bo‘lgan byudjet taqchilligini qoplash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘plamiga ehtiyoj borligini aytdim va men hech qanday variantni istisno etmayman", — dedi u ZDF telekanaliga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, SDPG yuqori aktiv va daromadga ega boy nemislar nemis jamiyatini yaxshilashga hissa qo‘shishi kerak degan pozisiyaga amal qiladi.
Biroq, Klingbayl qo‘shimcha qildi, intervyu bunday masalalarni muhokama qilish uchun eng yaxshi joy emas va har qanday keskin bayonotlar XDS/XSSni qo‘zg‘atishi mumkin.