XDI/XSI blokining parlamentdagi fraksiyasi Fridrix Mers nomzodini yana federal kansler lavozimiga ilgari surishini tasdiqladi.
"Biz XDI/XSI va GSDP koalisiyasi sifatida ovoz berishning ikkinchi bosqichiga yana Fridrix Mers nomzodini ilgari suramiz", – deya ma’lum qildi Bundestagdagi XDI/XSI fraksiyasi yetakchisi Yens Shpan.
Zeit nashrining yozishicha, partiyalar ovoz berishning ikkinchi bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilgan, lekin u qachon o‘tkazilishi noma’lum. Ovoz berish jarayoni bir necha kundan keyin yoki boshqa fraksiyalarning roziligi bilan ertaroq sodir bo‘lishi mumkin.