Germaniyada ikki nafar shaxsga nisbatan Rossiya maxsus xizmatlari uchun josuslik qilgani, maxfiy ma’lumot to‘plagani va harbiy infratuzilmalarga qarshi hujumlarni rejalashtirgani bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Ukrainaga yuborilayotgan harbiy texnika va o‘q-dorilar harakati ustidan kuzatuv olib borishgan. Shuningdek, ular Bavariyadagi neftni qayta ishlash zavodi hamda AQShga tegishli «Grafenvyor» harbiy o‘quv markazi haqida ma’lumot jamlangan.