Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniyada otishma ro‘y berdi

Germaniyada otishma ro‘y berdi

Germaniyaning Gissn shahri (Gessen shtati) markaziy maydonida noma’lum qurolli shaxs o‘t ochib, bir necha kishini yaraladi.

Bu haqda mahalliy polisiya vakiliga tayanib, DPA axborot agentligi xabar berdi.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan 15:10 da bukmekerlik idorasi yonida sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, gumonlanuvchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq huquq-tartibot idoralari jamoatchilik uchun hech qanday xavf yo‘q deb hisoblamoqda. Hozirda uni qo‘lga olish bo‘yicha operasiya davom etmoqda.

Boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Kiritildi: 08:30 12.10.2025. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!