Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Germaniyada harbiy xizmatdan e’tiqodi sababli voz kechish bo‘yicha arizalar soni 72 foizga oshdi

Germaniyada harbiy xizmatdan e’tiqodi sababli voz kechish bo‘yicha arizalar soni 72 foizga oshdi

Bu raqamlar o‘z-o‘zidan ko‘p narsani anglatadi: 2025 yilda Germaniyada harbiy xizmatdan e’tiqodi sababli voz kechish bo‘yicha ariza topshirganlar soni keskin ko‘paydi. Bunday arizalar bo‘yicha qaror qabul qiluvchi Federal oila va fuqarolik jamiyati ishlari idorasiga (BAFzA) jami 3 867 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 72 foizga ko‘pdir.

Bundesver (Germaniya Qurolli kuchlari) ko‘p yillardan buyon shaxsiy tarkib sonini oshirishga urinib kelmoqda. Yangi qonunga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boshlab voyaga yetayotgan barcha erkak va ayollarga Bundesverda xizmat qilishga layoqati va motivasiyasini baholash uchun maxsus so‘rovnoma yuboriladi. Yosh erkaklar uchun so‘rovnomani to‘ldirish majburiy, ayollar uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi.

Shu bilan birga, Germaniya Konstitusiyasining 4-moddasi 3-qismiga muvofiq, fuqarolarda qurol bilan harbiy xizmatni vijdon va e’tiqod sababli rad etish huquqi saqlanib qoladi.

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!