Germaniyada harbiy xizmatdan bosh tortish bo‘yicha arizalar soni keskin ko‘paygan. Funke mediaguruhi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyidan avgust oxiriga qadar Federal Oila va Fuqarolik Jamiyati Masalalari Bo‘limiga 12 102 ta ariza kelib tushgan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yil davomida qayd etilgan 3 879 ta arizadan uch baravardan ko‘p.
Shu bilan birga, idora arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida jiddiy muammolar mavjudligini bildirgan. Idora vakiliga ko‘ra, ko‘plab arizalar noto‘g‘ri manzilga yuborilgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqmasdan qaytarishga to‘g‘ri kelmoqda.
Arizalar sonining keskin o‘sishi Germaniyada xavfsizlik sohasidagi vaziyatning murakkablashishi hamda Bundesverda harbiy xizmatga chaqiruv tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun bilan bog‘liq. Qonun 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.
Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yildan boshlab 18 yoshga to‘lgan yigitlar Germaniya Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorligi haqida maxsus anketa to‘ldirishi kerak. Shu bilan birga, ular harbiy xizmatdan oldindan bosh tortish huquqiga ega.
Germaniyada 2011 yilda to‘xtatilgan majburiy harbiy xizmatni qisman qayta joriy etish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Agar armiya uchun zarur bo‘lgan ko‘ngillilar soniga erishilmasa, «zarurat asosida harbiy majburiyat» mexanizmini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Germaniya hukumati 2035 yilga qadar mamlakat Qurolli Kuchlaridagi amaldagi harbiy xizmatchilar sonini 186 ming nafardan 260 ming nafarga yetkazishni maqsad qilgan.