Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada halokatga uchragan vertolyotning uchinchi ekipaji ham o‘lik holda topildi

Germaniyada halokatga uchragan vertolyotning uchinchi ekipaji ham o‘lik holda topildi

Germaniya sharqida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragan Germaniya harbiy-havo kuchlari vertolyotining uchinchi ekipaj a’zosi o‘lik holda topildi.

Bu haqda DPA agentligi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusga tayanib xabar bermoqda.

"Bizning qo‘rquvlarimiz qayg‘uli haqiqatga aylandi. Ekipajning uchinchi a’zosining o‘limi butun Bundesver va meni chuqur qayg‘uga soldi", - dedi Pistorius. "Albatta, 64-vertolyotlar eskadrilyasining askarlari haqida ham o‘ylayapman. Vatanimiz himoyasida bir ayol va ikki erkak halok bo‘ldi", - dedi vazir.

Germaniya harbiy-havo kuchlarining vertolyoti 29 iyul kuni Saksoniya federal shtatining Grimma shahri yaqinida halokatga uchradi. Dastlab ikki kishi halok bo‘lgani, bir kishi bedarak yo‘qolganligi ma’lum qilingan edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot qoldiqlari Mulde daryosidan topilgan. Havo harakatini boshqarish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot mahalliy vaqt bilan 10:00 dan 10:30 g‘oyib bo‘lgan.

Hodisa sabablari hali aniqlanmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, halokat joyida qutqaruv ishlari hali yakunlanmagan.

Kiritildi: 11:00 01.08.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!