Germaniya g‘arbida yengil motorli samolyot qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Hodisa Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Korshenbroyx aholi punktida sodir bo‘lgan. Sport samolyoti turar-joy binosi ustiga qulagan, shundan so‘ng u yonib ketgan.
Bild gazetasining yozishicha, samolyot Myunxengladbax shahriga uchayotganda uchuvchi dvigatel bilan bog‘liq muammo haqida xabar bergan. Shundan so‘ng darhol halokat yuz berdi.